O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov

juma 25 janvar 2019

Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida tug‘ildi. Islom Karimov – O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti, 1989-yildan 2016-yilga qadar mamlakatni boshqargan dono rahbar, millat yetakchisi. Bir asrdan oshiq vaqt mobaynida chor Rossiyasi va Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lgan O‘zbekiston uning sa’y-harakatlari bilan asriy orzusi -mustaqillikka erishdi. 1990-yil martda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. 1991-yil 31-avgust kuni Islom Karimov tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini e’lon qildi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda o‘tgan umumxalq referendumi yakuniga ko‘ra uning prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yili muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishga muvofiq Islom Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2007-yil 23-dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda Islom Abdug‘aniyevich Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2015-yil 29-martda muqobillik asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartishga muvofiq Islom Karimov 5 yil muddatga davlat rahbarligiga saylandi.

O‘zbek xalqining ulug‘ farzandi, mustaqil O‘zbekiston davlati asoschisi va Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2016-yil 2-sentyabr  kuni og‘ir xastalikdan so‘ng 78 yoshida vafot etdi.

 

Hurmatli kitobxonlar!

Axborot-resurs markazida  O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning tavallud topgan kuniga bag‘ishlangan ko‘rgazma va videolavhalar tashkil qilindi.

Axborot – resurs markaziga marhamat!