Magistrlik dissertasiyalarining dastlabki himoyasi jadvali

juma 22 may 2020
Toshkent davlat yuridik universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori tomonidan magistrlik dissertasiyalarining dastlabki himoyasi jadvali tasdiqlandi

Ekologiya va agrar huquqi, Mehnat huquqi, Intellektual mulk kafedralari – 2020 yil 25 may.

Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika, Fuqarolik huquqi kafedralari – 2020 yil 26 may.

Xalqaro huquq va inson huquqlari, Jinoyat huquqi va kriminologiya kafedralari – 2020 yil 27 may.

Biznes huquqi, Xalqaro tijorat huquqi, Fuqarolik-protsessual va iqtisodiy-protsessual huquqi kafedralari – 2020 yil 28 may.

Davlat va huquq nazariyasi va tarixi, Davlat huquqi va boshqaruvi kafedralari – 2020 yil 29 may.

Dastlabki himoya ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor raisligida, tegishli kafedra mudirlari va Magistratura bo‘limi boshlig‘i ishtirokida o‘tkaziladi. Dastlabki himoyada taqdim etilgan kafedra bayonnomasi, magistrlik dissertasiyalari, ilmiy rahbar xulosalari, taqrizlar, maqola va tezislarni inobatga olib, rasmiy himoyaga tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.