“Ipak yo‘li: Yevrosiyo taraqqiyot jurnali”

juma 11 oktabr 2019

Toshkent shahridagi Xalqaro Westminster universitetida olimlar va tadqiqotchilar uchun yangi “Ipak yo‘li: Yevrosiyo taraqqiyot jurnali” (Silk road: A Journal of Eurasian Development) nomli ilmiy jurnal tashkil qilindi.

Jurnal Buyuk Britaniya Westminster universiteti nashriyotida bir yilda ikki marotaba onlayn shaklda chop etiladi. Maqolalar ingliz tilida qabul qilinadi. Ilmiy jurnal tahririyat a’zolari dunyoning mashhur olimlar guruhidan tashkil topgan.

Ma’lumot uchun: Ilmiy jurnal tahririyati to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlarni jurnalning veb sayt sahifasidan: https://silkroadjournal.online/ yoki jurnal muharriridan olishingiz mumkin. Muharrir: Bahrom Mirkasimov, +9989(71) 238 7415, bmirkasimov@wiut.uz