Hamkorlik masalalari muhokamasi

dushanba 22 iyun 2020

2020 yilning 18 iyun kuni  Toshkent davlat yuridik universiteti (TDYU) va Polotsk davlat universiteti (PDU) vakillari o‘rtasida ZOOM  platformasi orqali videokonferensaloqa bo‘lib o‘tdi.

Ushbu onlayn uchrashuvda taraflar hamkorlik bo`yicha bir necha masalalarni muhokama qildilar. Jumladan, yuridik texnikumlar va PDU o‘rtasida 2+2 shaklida qo‘shma ta'lim dasturini tashkil etish, o‘qituvchilari va xodimlarini stajirovka o‘tash uchun muayyan muddatlarga qabul qilish, ilmiy faoliyat borasida PDU rahbariyati TDYU professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari va magistrlarining ilmiy maqolalari PDU ilmiy jurnalida chop etishida hamda PDU o‘qituvchilari o‘z maqolalarini TDYU jurnallarida chop etish yo‘lida hamkorlik qilish, shuningdek hamkorlikda turli konferensiya va davra suhbatlari tashkil etish. Taraflar ushbu masalalarda ijobiy kelishuvlarga erishdilar.