Hamkorlik aloqalari kengaymoqda

payshanba 11 iyun 2020

2020-yil 25-may kuni Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Rossiya Federatsiyasining “Yuridik klinikalarni rivojlantirish markazi” avtonom notijorat tashkiloti o`rtasida o`zaro hamkorlik to`g`risida shartnoma imzolandi.

Ushbu shartnoma zamonaviy yuridik klinik ta’limni rivojlantirish, klinik ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik va sherikchilikni mustahkamlash, milliy yuridik klinik ta’limni rivojlantirish hamda ilmiy-o`quv xodimlar, talabalar, magistrantlar, alohida olimlar va o`qituvchilar o`rtasida o`zaro anglashuv va do`stlikni rivojlantirish maqsadida imzolandi.