Hamkor universitetlararo onlayn konferensiya

chorshanba 29 iyul 2020

Yaponiyaning Nagoya universiteti Osiyo huquqiy almashinuv Markazi (Center for Asian Legal Exchange – CALE), Oliy huquq maktabi (Graduate School of Law – GSL), Avstraliyaning Melburn universiteti, Germaniyaning Regensburg universiteti, shuningdek Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘zaro hamkorligida onlayn konferensiya tashkil etilmoqda.

Konferensiya mavzusi: “Yangi demokratiyada konstitutsionalizm konsalidatsiyasi: Yevroosiyo istiqbollari”.

O‘tkaziladigan sana: 2020 yil 10-11 avgust, soat 17:00da (Yaponiya vaqti bilan).

Konferensiyada TDYU rektori R.Hakimov hamda universitet professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Konferensiya ingliz tilida o‘tkaziladi.

Ishtirok etish uchun https://www.ics-com.biz/web_entry/nagoya/entries/add/100 manzilida ro‘yhatdan o‘tishingiz mumkin.

Quyidagi dasturni yuklab olish orqali konferensiya to‘g‘risida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Yuklab olish