Faxriy ustozlar bilan uchrashuv

dushanba 25 noyabr 2019

Jinoyat-protsessual huquqi va kriminalistika kafedrasi hamda Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi tomonidan tashkil etiladigan Faxriy professor-o’qituvchilar va yosh olimlar, “PROCEDURE” ilmiy to’garagi a’zolari o’rtasida “Ilmiy tadqiqot: muammo va yechim” mavzusida seminar-trening o’tkaziladi.

Ushbu tadbirda universitetning barcha o’qituvchi va talabalari ishtirok etishi mumkin.

Sana: 2019-yil 28-noyabr soat 14:00da

Joyi: 3-bino 221-xonada