E'LON

seshanba 17 sentabr 2019

TOSHKENT DАVLАT YURIDIK UNIVERSITETI 2020-yil uchun tayanch doktorantura va doktorantura institutlariga quyidagi mutaxassisliklar boʼyicha qabul e`lon qiladi:

12.00.01

-

Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Siyosiy va huquqiy taʼlimotlar tarixi.

1 ta PhD

12.00.03

-

Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.

1 ta PhD

1 ta DSC

12.00.08

-

Jinoyat huquqi. Huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi.

1 ta PhD

12.00.09

-

Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi.

1 ta PhD

Jami:

4 ta PhD

1 ta DSc

Hujjatlar 2019-yil 15-sentabrdan 15 oktabrgacha qabul qilinadi.

Oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim institutiga tayanch doktorant sifatida kiruvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

magistr darajasiga, oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi diplom (mutaxassislik dasturlari boʼyicha)ga ega boʼlganlar;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʼlgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yoʼnalishlar boʼyicha ikkitadan kam boʼlmagan ilmiy ishlar toʼplamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega boʼlganlar;

Tayanch doktoranturada oʼqishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

ariza;

qisqacha biografik maʼlumotnoma;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʼyicha) toʼgʼrisidagi diplom nusxasi;

nashr etilgan ilmiy ishlar roʼyxati, shuningdek ularning nusxalari.

Oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim institutiga doktorant sifatida kiruvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoxud ularga tenglashtirilgan xorijiy davlatlarda olingan ilmiy daraja;

fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja olgandan soʼng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin boʼlgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yoʼnalishlar boʼyicha ilmiy ishlar toʼplamlarida kamida ikkita tezisga ega boʼlish.

Doktoranturada oʼqishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʼlganligi toʼgʼrisidagi diplom nusxasi;

tadqiqot mavzusi boʼyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;

Tayanch doktoranturada oʼqish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (taʼlimning oldingi darajalarida oʼrganilgan xorijiy til) boʼyicha kirish imtihonlari topshiradilar.

Doktoranturada oʼqish uchun kirayotgan talabgorlar Kollegial organ tomonidan ixtisoslik boʼyicha suhbatdan oʼtadilar.

2020-yil uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagi mutaxassisliklar boʼyicha QABUL EʼLON QILADI:

12.00.01-Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Siyosiy va huquqiy taʼlimotlar tarixi.

12.00.02-Konstitutsiyaviy huquq. Maʼmuriy huquq. Moliya va bojxona huquqi.

12.00.03-Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq.

12.00.04-Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya.

12.00.05-Mehnat huquqi. Ijtimoiy taʼminot huquqi.

12.00.06-Tabiiy resurslar huquqi. Аgrar huquq. Ekologik huquq.

12.00.07-Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Аdvokatura.

12.00.08-Jinoyat huquqi. Huquqbuzarliklarning oldini olish. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi.

12.00.09-Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi.

Hujjatlar 2019-yil 15 sentabrdan 15-oktabrgacha qabul qilinadi

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagi shaxslar rasmiylashtiriladi:

magistr diplomi yoki oliy maʼlumot toʼgʼrisidagi (ixtisoslik boʼyicha) diplomga ega boʼlganlar;

belgilangan ilmiy maqolalarga ega boʼlganlar;

kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari)ga ega boʼlganlar.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki ularga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatda olingan diplomga ega boʼlgan, belgilangan tartibda talablarga muvofiq ilmiy daraja olganidan soʼng salmoqli ilmiy yutuqlarga erishgan shaxslar rasmiylashtiriladi.

Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan OTM yoki ITMga murojaat qiladi:

qisqacha biografik maʼlumotnoma;

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik yoki klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturi boʼyicha) toʼgʼrisidagi diplom nusxasi;

mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

ilmiy ishlar roʼyxati va ularning nusxasi;

fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

ish joyidan tavsifnoma.

Talabgorlarni mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish ixtisoslik boʼyicha suhbat natijalari va qabul komissiyasining tegishli xulosasi boʼyicha amalga oshiriladi.

Maʼlumotlar uchun quyidagi manzilga murojaat qilish mumkin:

Toshkent shahri, Sayilgoh koʼchasi, 35 uy, TDYU Ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash boʼlimi.

Tel.: 233-66-36. Ichki: (1042, 1043).

Izoh: Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-iyuldagi 606-son qaroriga asosan endilikda talabgorlar OTM yoki ITM rahbarining har chorakda 5-mart, 5-iyun, 5-sentabr va 5-dekabrgacha eʼlon qilinadigan buyrugʼi bilan mustaqil izlanuvchilikka rasmiylashtiriladilar.