“Elektron universitet” loyihasi uchun tanlov

juma 16 avgust 2019

Toshkent davlat yuridik universiteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan Akademik innovatsiyalar fondi granti tanlovida “Elektron universitet platformasi orqali yuridik ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishning innovatsion shakli” loyihasi bilan ishtirok etdi va tanlov g‘oliblaridan biri sifatida tan olindi.

Hozirgi kunda ushbu loyihani universitetda targ‘ib qilish maqsadida axborot burchagini tashkil etish va elektron stend yaratish maqsadida tanlov e’lon qilinmoqda.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun yuqori malakali dizaynerlar, ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar tanlov asosida jalb etiladi.

Stendga qo‘yiladigan talablar:

- diodli yorug‘lik tarqatuvchi stend;

- umumiy o‘lchami 260X140 sm;

- axborotni almashtirib turish imkoniyati mavjudligi.

Tender komissiyasiga topshiriladigan hujjatlar:

- pasport nusxasi;

- rezyume;

- soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (INN);

- ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

- mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatnoma nusxasi;

- harajatlar smetasi.

Tanlovda g‘olib deb topilgan ishlab chiqaruvchi korxona yoki tashkilot bilan shartnoma tuziladi.

Tanlov o‘tkaziladigan muddat: 10 – 24 avgust kunlari.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Loyiha texnik kordinatori: Jamoliddin Abdurahmonxo‘jaev

Tel.: +998 71 233 66 36 (1042), +998 93 568 91 10

 E-mail: info@tsul.uz.