Akademik almashinuv dasturi

seshanba 12 noyabr 2019

Ukrainaning Yaroslav Mudriy nomidagi Milliy yuridik universiteti TDYU 3-bosqich talabalarini 2019/2020 o'quv yilining ikkinchi semestrini (2020-yil fevral-iyun) ushbu universitetda tahsil olishga taklif etadi. Universitet tomonidan rus tilida bepul ta’lim olish ta’minlanadi. Mutaxassislik bo'yicha talabalarga quyidagi fanlar taklif etiladi:

Jinoyat protsessi (4 kredit);

Fuqarolik protsessi (4 kredit);

Ingliz tili (12 kredit);

Shuningdek, universitet shu davr uchun magistratura talabalarini ingliz tilida bo`ladigan darslarga qabul qilishga tayyor (talabalar ingliz tilini B2 darajasida bilishlari shart). Xalqaro huquq bo`yicha tavsiya etiladigan fanlar:

Soliq huquqi (4 kredit);

Xalqaro va Yevropa ekologik huquqi (5,5 kredit);

Xalqaro savdo va investitsiya huquqi (5,5 kredit);

Xalqaro intellectual mulk huquqi (5,5 kredit);

Zamonaviy huquqiy tarix (4 kredit);

Diplomatiya va konsullik huquqi (5,5 kredit);

Turar-joy va yo`l xarajatlari talaba tomonidan qoplanadi. Universitet tomonidan yotoqxona ajratilishi ham mumkin.

Akademik ta’lim olish yakunlanganidan so`ng talabaga guvohnoma beriladi.

Muddat: Talaba 2019-yil 20-noyabrga qadar nomzodlik xati va kerakli hujjatlarni yuborishi lozim.