Abiturientlar diqqatiga

payshanba 15 oktabr 2020
Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriati va magistraturasiga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirish istagida ariza bilan murojaat qilgan abiturientlar diqqatiga

Joriy yilning 15 oktabr holatiga Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga 700dan, magistraturasiga 300dan ortiq abiturientlar tomonidan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagi bilidirilgan holda ariza bilan murojaat qilingan.

Bugungi kunda universitet qabul komissiyasi tomonidan mazkur arizalarning haqqoniyligi, arizada keltirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari hamda ta’lim tillari kesimida o‘rganib chiqilmoqda.

Universitet qabul komissiyasi yaqin kunlarda tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha shartnomalarni abiturientlar to‘plagan ballar ketma-ketligiga rioya etgan holda elektron tarzda berish boshlanishini ma’lum qiladi.

Shuningdek, universitet qabul komissiyasi tomonidan ariza bilan murojaat qilgan barcha talabgorlarni ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, maksimal darajada o‘qishga qabul qilish masalasi ko‘rib chiqilayotganligi ma’lum qilinadi.

Qabul jarayoni haqidagi ma’lumotlar bilan universitetda tashkil etilgan Call-markaz (71 2331395 va 71 2336636 (ichki 1185)), rasmiy veb-sayt (tsul.uz) va ijtimoiy tarmoqdagi sahifa (@tsulofficial) orqali batafsil ma’lumotlar olishingiz mumkin.