2020-yilda Michigan universitetida o’qish va tadqiqotlar

chorshanba 07 avgust 2019

Michigan universitetidagi Ronald va Eylin Vayzerning markazi Yevropa va Yevrosiyoning oliy o’quv yurtlarida, shu jumladan O’zbekistonda o’qituvchilardan Weiser Professional Development mukofotiga talabnomalarni qabul qiladi.

Nomzodlar Michigan universitetining hamkor fakulteti bilan birgalikda har qanday soha bo’yicha o’z ilmiy ishlari va ta’lim berish mahoratiga oid takliflarini taqdim etishi mumkin.

Mukofotlar Michigan shtatining Ann Arbor universitetiga 4 hafta yoki 3 oylik qisqa muddatli tadqiqot uchun tashriflarni qo’llab-quvvatlaydi va aviabilet, turar-joy, tibbiy sug’urta va kunlik xarajatlarni o’z ichiga oladi. Vayser markazi Ann Arborga 2020-yil fevral-aprel yoki sentyabr-noyabr oylarida sayohat qilish uchun 5-7 ta mukofot beradi.

Ariza topshirishdan oldin, murojaat etuvchilar tez-tez beriladigan savollar bilan quyidagi manzilda tanishib chiqishlari kerak: ii.umich.edu/wcee/visiting-fellows

Siz quyida keltirilgan havola orqali qo’shimcha ma’lumot olishingiz mumkin:

veb-portal: ii.umich.edu/wcee/visiting-fellows

elektron pochta: | fulbright.edu.pl   | ii.umich.edu/wcee