Xalqaro faoliyat Talabalar hayoti Qabul komissiyasi
Oʼzbekcha
English Русский
Network error!

TDYUga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish tartibi qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi “Toshkent davlat yuridik universitetida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra Toshkent davlat yuridik universitetiga xorijiy fuqarolar qabul qilish to‘g‘risidagi arizalarini 15-martdan 15-iyulgacha topshirishi mumkin. 
Ayni paytda universitet qabul komissiya 2021-2022-o‘quv yili uchun xorijiy fuqarolardan arizalarni qabul qilmoqda. 

Xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish shartlari qanaqa?

Milliy qonunchilikka ko‘ra, mamlkatimizda yashash guvohnomasiga yoki investisiya vizasiga ega bo‘lgan xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda o‘qishga kirish va ta’lim olishga haqlidir.
Talabalar o‘qishi qonun hujjatlarida xorijiy fuqarolar uchun nazarda tutilgan to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Imtihon qay tarzda amalga oshiriladi?

TDYU bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish test sinovlarisiz, universitetda o‘tkaziladigan suhbat natijalariga ko‘ra va reyting tizimiga muvofiq to‘plangan ballarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Xorijiy fuqarolardan hujjatlarni qabul qilish tartibi qanday?

TDYU bakalavriatiga qabul qilish uchun hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi.
Xorijiy fuqarolar aniq vaqt rejimida elektron shakldagi qabul qilish to‘g‘risidagi arizani to‘ldirib, unda ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va shakli, oliy ta’lim muassasasini tugatgani yoki unda oliy ma’lumoti mavjud emasligi, suhbat o‘tkazish qoidalari bilan tanishgani xususida belgini ko‘rsatishi kerak.

Elektron arizaga qanday hujjatlar ilova qilinadi?

Qabul qilish to‘g‘risidagi elektron arizaga xorijiy fuqaroning pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat, belgilangan tartibda legalizasiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan xorijiy davlatning vakolatli organlari tomonidan berilgan, o‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ta’lim haqidagi hujjat, 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi rangli fotosurat elektron shaklda ilova qilinadi.

Hujjatlarda kamchiliklar bo‘lsa nima qilish kerak?

Taqdim qilingan hujjatlar belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, 72 soat ichida arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzil bo‘yicha xorijiy fuqaroga tegishli xabarnoma yuboriladi hamda unga ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni tuzatish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoni beriladi.
Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan so‘ng ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish mumkin emas.

O‘qishga kirish suhbati qachon o‘tkaziladi?

Suhbat 2-10-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. 
Suhbat natijalari xorijiy fuqaroga qo‘yilgan ballar (0 dan 100 gacha) bo‘yicha reyting tizimi bo‘yicha aniqlanadi. 
Xorijiy fuqarolar jadval bo‘yicha suhbatga kelmaganda (0 ball qo‘yiladi) va belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball to‘plaganda o‘qishga qabul qilinmaydi. 

O‘qishga qabul qilingach xorijiy fuqaro kontrakt summasini qachon o‘tkazish kerak?

Xorijiy fuqarolar belgilangan to‘lov-kontraktni 15 sentabrdan kechiktirmay to‘lashi shart va shundan so‘ng ularga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida TDYuU rektori buyrug‘i rasmiylashtiriladi. Shuningdek, ular 2-sentabrdan boshlab darslarga qatnashishi mumkin.