Mening innovatsion g’oyam

Mening innovatsion g’oyam

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 29 sentabrdagi 822-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari – Toshkent davlat yuridik universiteti rektorining 2018 yil 8 oktabrdagi 08–493-sonli buyrug‘i bilan Toshkent davlat yuridik universitetida talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish va ularda innovatsion fikrlashni shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Mazkur dasturning 7-bandida universitet rasmiy veb-saytida “Mening innovatsion g‘oyam” nomli rukn tashkil etish va talabalarni faol ishtirok etishlarini ta’minlash belgilangan bo‘lib, ushbu band ijrosini ta’minlash maqsadida http://tsul.uz/fan/mening innovatsion goyam/ rukni tashkil etildi.

Hozirda ushbu ruknda yurisprudensiya yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari va tadqiqotchilarining sud-huquq sohasidagi islohotlarga oid ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tanlov e’lon qilingan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ–3775-sonli qarorining 11-bandi va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari tomonidan 2018 yil 14 avgustda tasdiqlangan "Oliy ta’lim muassasalarida talabalarni ilmiy faoliyatga yo‘naltirish va ularda innovatsion fikrlashii shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi"ning 2, 4 va 5-bandlarining ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi  tomonidan mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda talabalarning ishtirokini yanada kengaytirish maqsadida “Innovation & Initiative 2019”  tanlovi tashkil qilindi hamda g‘oliblar aniqlandi. Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkazildi:

“Eng yaxshi mustaqil ish”;

“Eng yaxshi ijodiy yondashuv”;

“Eng yaxshi innovatsion g‘oya”

“Innovatsion ta’lim”.

Talabalar tanlovda o‘z ishlarini davlat boshqaruvi, sud-huquq islohotlari va ta’lim sohasiga oid ijodiy ishlar va ishlanmalarni taqdim etdilar.