Ilm-fan 2020

Ma’lumki, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi o’rtasida hamkorlikda “Ilm-fan 2020” milliy rivojlanish dasturi ishlab chiqilgan. Undan ko’zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan oily ta’lim muassasalari professor-o’qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarining elektron katalogi va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatini yanada kengaytirishdan iborat.

Shu maqsadda Toshkent davlat yuridik universitetida ta’lim sifatini oshirish va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokni ta’minlash bo’yicha universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori yo’l xaritasi ishlab chiqilgan.

Ushbu yo’l xaritasi bo’yicha universitet axborot-resurs markazida professor-o’qituvchilar, doktorantlar hamda talabalar uchun “Maslahat markazi” tashkil etilib, xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish, ushbu ma’lumotlar bazalarida e’lon qilish uchun maqola tayyorlashga bag’ishlangan ikkita respublika miqiyosida seminar-trening o’tkazildi.