Anjumanlar, seminarlar, ko`rgazmalar

Ilmiy seminar

Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchilari diqqatiga!

Siz ilmiy maqolalaringizni qayerda chop etish haqida bosh qotiryapsizmi?

Impact factor, CiteScore, H-index, SJR haqida ma’lumot olib, ularni qanday aniqlashni o‘rganmoqchimisiz?

Google Scholar, ORCID, Research gate onlayn dasturlari bilan yaqindan tanishmoqchimisiz?

Unda TDYUU Ilmiy boshqarmasining Strategik rivojlanilsh va xalqaro reytinglaga kirish bo'limi tomonidan tashkil etilayotgan “Naukometriya asoslari” mavzusidagi seminar-treningda ishtirok eting.

Ushbu treningda siz yuqoridagilardan tashqari Scopus ro‘yxatidagi ilmiy jurnallarda nashr etish uchun maqolalarni tayyorlash, ularga iqtiboslar keltirish hamda jurnallar tahririyati bilan bog‘lanish va yozishmalar olib borish etikasi haqida foydali ma’lumotlarga ega bo‘lasiz.

Seminar-trening 2020 - yil 12-yanvar kuni soat 11:30 da TDYU 3-binosi 232-xonada boshlanadi.

12-15-yanvar kunlari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar uchun Zoom havolasi 11-yanvar kuni e’lon qilinadi.

Ilmiy maqola yozish bo‘yicha seminar o‘tkazildi

TDYU “Sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va advokatura” kafedrasi professori G.Tulaganova ilmiy maktabi hamda “Legal Protector” to‘garagi tomonidan talabalar uchun “The Wheels of Scientific Enterprise: How We Get Where We Want?” mavzusidagi ilmiy seminar tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish vazifasini amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan seminarda ilmiy maqola yozish qoidalari va metodlari, xalqaro miqyosda tan olingan jurnallarni qalbaki jurnallardan farqlash, desk-rejkt haqida ma’lumot berilib, ilmiy tadqiqotlar olib borishda yuzaga keladigan muammolarni hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

TDYUda zamonaviy arbitrajlik bo‘yicha maxsus kurslar tashkil yetiladi

Toshkent davlat yuridik universiteti va Rossiya zamonaviy arbitraj instituti o‘rtasida o‘zaro xamkorlik yuzasidan memorandum imzolandi.

Zoom platformasida tashkil etilgan imzolash marosimida Toshkent davlat universiteti rektori Raximjon Xakimov, institut Bosh direktori Yuliya Mullina hamda tomonlarning boshqa vakillari ishtirok etdilar.

Marosimda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarini zamonaviy tijorat arbitrajining xususiyatlari bilan tanishtirishga qaratilgan hamkorlik Rossiya Federatsiyasi va boshqa mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy munosabatlarda mamlakatimiz manfaatlarini himoya qila oladigan mutaxassislarni tayyorlash uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Yana bir muhim nuqta. Rossiya zamonaviy arbitraj instituti ko‘plab ilmiy anjumanlar, seminarlar, treninglar va mahorat darslarini faol tashkil yetish va o‘tkazish orqali huquqshunoslik sohasidagi mutaxassislar e’tiborini qozondi. Shuningdek, institut yosh mutaxassislar va talabalar o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlovlarning asosiy tashkilotchilaridan biri hisoblanadi. Rossiya zamonaviy arbitraj instituti  Vismoot Moscow Pre-Moot, FIAMC Moscow Pre-Moot, FDI Saint Petersburg Pre-Moot va boshqa ko‘plab Moot Court lar tashkilotchisi xisoblanadi.

Shu munosabat bilan memorandumda institut TDYU talabalariga xalqaro musobaqalar va olimpiadalarda ishtirok etish samaradorligini oshirishda hamda qo‘shma konferensiyalar sonini ko‘paytirishda amaliy yordam ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, memorandumga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universitetida zamonaviy arbitrajni rivojlantirish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etilib, unda Rossiya zamonaviy arbitraj instituti mutaxassislari ishtirok yetadi.

Tadqiqot loyihalari

Tadqiqot grantlari

2017-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universitetida 11 ta amaliy tadqiqotlar loyihalari amalga oshirilmoqda:

A2-84 – Demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish jarayonida tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalari (loyiha rahbari – y.f.n. Y.S.Kanyazov);

A-2-107 – Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida mehnat qonunchiligini qo‘llash amaliyotini takomillashtirish muammolari (loyiha rahbari – y.f.n. M.Y.Gasanov);

A-2-074-Ko‘chmas mulkning huquqiy rejimini takomillashtirish (loyiha rahbari – y.f.n., dots. V.Y.Ergashev);

A-2-115 – Sud-huquq sohasini isloh qilish hamda jinoyat qonunini liberallashtirish sharoitida jazo tizimini isloh qilish muammolari (loyiha rahbari – y.f.d., prof. Q.R.Abdurasulova);

A-2-068 – Tadbirkorlik faoliyatida nomlanmagan va aralash shartnomalarni qo‘llashning ilmiy-nazariy va amaliy muammolari (loyiha rahbari – y.f.d., prof. R.D.Ro‘ziyev);

A2-018 – Fuqarolik va xo‘jalik sud ishlarini yuritish bo‘yicha protsessual hujjatlar va ularni rasmiylashtirishning nazariy-amaliy masalalari (loyiha rahbari – y.f.d., prof. Z.N.Esanova);

A-2-102 – Sud hokimiyatining mustaqilligini kuchaytirishning konseptual masalalari (loyiha rahbari – y.f.n., dots. S.M.Raxmonova);

A-2-106 – Jinoyat ishlari yuritishda sud faoliyatining samaradorligini ta’minlash mexanizmi (loyiha rahbari – y.f.n., prof. U.A.Tuxtasheva);

A-2-020 – Jinoyat-protsessual shaklni differensiyalash - milliy ijtimoiy-huquqiy identifikatsiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari (loyiha rahbari – y.f.d., prof. F.M.Muxitdinov);

KA-2-001 – Tibbiyot huquqida implementatsion mexanizmni takomillashtirish (loyiha rahbari – N.E.Gafurova);

Bitta yosh olimlar amaliy tadqiqotlar loyihasi:

YA-2-019 – O‘zbekistonda zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish masalalari (loyiha rahbari – y.f.n. N.M.Qo‘shayev)