Akademik innovatsiyalar fondi

Tadqiqot loyihalari

Universitet Jahon bankining 140 ming AQSH dollar miqdoridagi  Akademik innovatsiyalar fondi grant loyihasini amalga oshiradi

Toshkent davlat yuridik universiteti O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan Akademik innovatsiyalar fondi grantlari tanlovida “Elektron universitet” platformasi orqali yuridik ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirishning innovatsion shakli” loyihasi bilan ishtirok etdi va tanlov g'olibi bo'ldi.

Hozirgi kunda mazkur loyiha doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirish uchun 140 ming AQSH doll. ajratish haqida shartnoma tuzilmoqda. Grantni amalga oshirish guruhi tomonidan loyiha doirasida quyidagi asosiy chora-tadbirlar ko'zda tutilmoqda:

  • “Elektron universitet” platformasini yaratish uchun komp`yuter programmalari mutaxassislari va maxsus dasturlash firmalari o'rtasida tanlov e'lon qilish;

  • “Elektron universitet” platformasi doirasida “Elektron ilmiy tadqiqotchi”, “Elektron o'quv jarayoni”, “Elektron pedagog”, “Elektron talaba”, “Elektron darslik”, “Elektron huquqiy targ'ibot”, shuningdek ijtimoiy va yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni yagona platforma negizida birlashtirish;

  • Zamonaviy chet el oliy o'quv yurtlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'rganish va programmalarni o'rganish (shu jumladan xizmat safariga borish va xorijiy mutaxassislarni ekspert sifatida taklif qilish);

  • “Elektron universitet” platformasini yaratish davomida xotin-qizlar tomonidan yuridik ta'lim olish faolligini oshirish uchun maxsus onlayn dasturlar ishlab chiqish va aprobatsiyadan o'tkazish;

  • loyiha natijalarini xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazalarida (Scopus, Web of Science va shu kabi) indeksatsiya qilinadigan jurnallarda chop etish va boshqalar.

“Elektron universitet” loyihasi uchun tanlov

Toshkent davlat yuridik universiteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Jahon banki bilan hamkorlikda tashkil etilgan Akademik innovatsiyalar fondi granti tanlovida “Elektron universitet platformasi orqali yuridik ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirishning innovatsion shakli” loyihasi bilan ishtirok etdi va tanlov g‘oliblaridan biri sifatida tan olindi.

Hozirgi kunda ushbu loyihani universitetda targ‘ib qilish maqsadida axborot burchagini tashkil etish va elektron stend yaratish maqsadida tanlov e’lon qilinmoqda.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun yuqori malakali dizaynerlar, ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar tanlov asosida jalb etiladi.

Stendga qo‘yiladigan talablar:

- diodli yorug‘lik tarqatuvchi stend;

- umumiy o‘lchami 260X140 sm;

- axborotni almashtirib turish imkoniyati mavjudligi.

Tender komissiyasiga topshiriladigan hujjatlar:

- pasport nusxasi;

- rezyume;

- soliq to‘lovchining identifikatsion raqami (INN);

- ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;

- mazkur faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi ruxsatnoma nusxasi;

- harajatlar smetasi.

Tanlovda g‘olib deb topilgan ishlab chiqaruvchi korxona yoki tashkilot bilan shartnoma tuziladi.

Tanlov o‘tkaziladigan muddat: 10 – 24 avgust kunlari.

Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:

Loyiha texnik kordinatori: Jamoliddin Abdurahmonxo‘jaev

Tel.: +998 71 233 66 36 (1042), +998 93 568 91 10

 E-mail: info@tsul.uz.