University Education Scientific and innovative activity
International relations Student life Admission 2023 SDG
English
Oʼzbekcha Русский
Network error!
Home page   >   NEWS

Toshkent davlat yuridik universitetida “Karyera kuni” o‘tkazildi

Toshkent davlat yuridik universitetida talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini taʼminlash maqsadida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasida 20 dan ortiq davlat va nodavlat tashkilotlar, banklar, yuridik firmalar va boshqa muassasalar vakillari hamda universitetning 2000 nafarga yaqin talabalari ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkasida talabalarga o‘qishdan bo‘sh vaqtda haq evaziga ishlash, bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari va kafolatlari haqida bevosita potensial ish beruvchilar tomonidan ma’lumot berildi.

Yarmarka davomida bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib, nomzodlarga qo‘yilgan talablar, ishga qabul qilish tartibi, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar haqida toʻliq ma’lumotlar oldi.

Shuningdek, ishtirokchilar ish beruvchilardan o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldi va ishlash istagida bo‘lgan talabalarga oliy yoki o‘rta maxsus ma’lumot talab etiladigan ishlarda ishlash bo‘yicha ish beruvchilar bilan mehnat shartnomasi tuzish imkoniyati yaratildi.