“Abituriyent ruxsatmasi”ni tarqatish yo`riqnomasi

sunday 21 july 2019

Hurmatli abituriyentlar!

2019/2020 o‘quv yili test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni tarqatish 2019 yil 20 iyuldan boshlanadi.

“Abituriyent ruxsatmasi”ni tarqatish quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Abituriyentlar 20-iyuldan boshlab Internet orqali Davlat test markazi www.dtm.uz rasmiy veb-saytining “Ruxsatnomani chop etish” bo‘limidagi maxsus oynaga pasport (yoki tug‘ilganlik guvohnomasi) seriyasi va raqamini kiritadi.
Ekranda paydo bo‘lgan “ABITURIYENT RUXSATNOMASI” va “ABITURIYENTGA ESLATMA”ni chop etib oladi.
Bularni internet tarmog‘iga ulangan kompyuter bo‘lgan hamma joyda: uyda, Internet klublari va boshqa joylarda amalga oshirish mumkin.

2. Kunduzgi ta'lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 23-26 iyul kunlari, quyidagi muassasalarga murojaat etishlari va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:

  • Yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;
  • Yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy Oliy ta'lim muassasalari qabul komissiyalari;
  • Yashash joyidan qat'i nazar, ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlari.

Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha “Abituriyent ruxsatnomasi”ni abituriyentga chop etib beradi.

3.  Sirtqi va kechki ta'lim shakllari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar 27-29 iyul kunlari quyidagi muassasalarga murojaat etishi va ruxsatnomalarini olishlari mumkin:

  • Yashash joyidan qat'iy nazar, ixtiyoriy tuman (shahar)dagi Davlat xizmatlari markazlari;
  • Yashash joyidan qat'iy nazar, ixtiyoriy Oliy ta'lim muassasalari qabul komissiyalari;
  • Yashash joyidan qat'iy nazar, ixtiyoriy Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlari.

Ushbu tashkilot xodimlari DTMning www.dtm.uz rasmiy veb-saytidan yuqorida qayd etilgan tartib bo‘yicha “Abituriyent ruxsatnomasi”ni abituriyentga chop etib beradi.

Izoh:“Abituriyent ruxsatnomasi” bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, 71-2461604 hamda 1195 qisqa raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Ruxsatnomalar barcha tashkilotlar tomonidan bepul chop etilib, tarqatiladi.

“Abituriyent ruxsatnomasi”ni tarqatish bo‘yicha e'lon quyidagi saytlarga joylashtiriladi:

1. Davlat test markazining rasmiy veb-sayti www.dtm.uz;
2. Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi rasmiy veb-sayti www.edu.uz;
3. Oliy ta'lim muassasalari rasmiy veb-saytlari;
4. Davlat xizmatlari agentligi rasmiy veb-sayti www.davxizmat.uz;
5. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining rasmiy veb-sayti www.mehnat.uz.

Davlat test markazi va oliy ta'lim muassasalarida Call sentr (koll sentr)lar tashkil etiladi. 

ABITURIYENTLARGA “ABITURIYENT RUXSATNOMASI”NI TARQATISH  SXEMASI

 ABITURIYENTLARGA “ABITURIYENT RUXSATNOMASI”NI TARQATISH  SXEMASI

 

Izoh: ruxsatnomalar Davlat xizmatlari markazlari, Oliy ta'lim muassasalari qabul komissiyalari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlikka ko‘maklashish markazlarida bepul chop etiladi va tarqatiladi.

 

 

“ABITURIYENT RUXSATNOMASI”NI CHOP ETISH TARTIBI

1-bosqich. Davlat test markazining www.dtm.uz rasmiy veb-saytiga kiriladi.

2-bosqich. Saytning “Ruxsatnomani chop etish” bo‘limiga kiriladi.

3-bosqich. Abituriyentning pasport (yoki tug‘ilganlik guvohnomasi)  seriyasi va raqami kiritiladi.

4-bosqich. Ekranda paydo bo‘lgan “ABITURIYENT RUXSATNOMASI” va “ABITURIYENTGA ESLATMA” chop etiladi.