Magistraturaga hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga

friday 10 august 2018
Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichida o‘qish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichida o‘qish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Toshkent davlat yuridik universiteti magistratura bosqichiga 2018/2019 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari 2018 yilning 13 va 14 avgust kunlari universitetning 3-binosida bo‘lib o‘tishini ma’lum qilamiz.

Imtihonlar ikki bosqichda tashkil etiladi.

Abituriyentlar birinchi bosqichda 13 avgust kuni mutaxassislik fanlaridan,

ikkinchi bosqichda 14 avgust kuni chet tilidan imtihonlarni topshirishadi.

Imtihon kunlari abituriyentlar universitetning 3-binosiga soat 07:00 dan kechikmasdan pasportlari bilan kelishlari so‘raladi. 

Barcha abituriyentlarga omad tilaymiz!